Fransiya milliy jamoasi va «PSJ» klubi futbolçisi Usmon Dembele 2024-2025 mavsumining eng yaxşi futbolçisi sifatida France Football naşrining «Oltin töp» sovriniga ega böldi. «PSJ» eng yaxşi klub, Luis Enrike eng yaxşi murabbiy deb topildi.
Fransiya poytaxti Parijning «Şatle» teatrida France Football jurnali tomonidan «Oltin töp» sovrinini topşiriş marosimi ötkazildi.
Usmon Dembele – «Oltin töp» sohibi

Fransiya milliy jamoasi va «PSJ» klubi a’zosi Usmon Dembele mavsumning eng yaxşi futbolçisi sifatida «Oltin töp» sovriniga ega böldi. U ovoz beriş jarayoni yakuniga köra, asosiy raqibi - «Barselona» a’zosi Lamin Yamalni ortda qoldirdi.

Luis Enrike – eng yaxşi murabbiy

«PSJ» ustozi Luis Enrike mavsumning eng yaxşi murabbiyi sifatida Yohan Kroyff nomidagi mukofotga sazovor böldi. Ispaniyalik mutaxassis ovoz beriş jarayonida Hans-Diter Flik («Barselona»), Enso Mareska («Çelsi») va Arne Slotni («Liverpul») ortda qoldirdi. Ötgan mavsumda «PSJ» Fransiya çempionati, Kubogi, Superkubogi, Çempionlar Ligasi va UYeFA Superkubogida ğalaba qozondi, şuningdek, Klublar örtasidagi jahon çempionatida ikkinçi böldi.
Lamin Yamal – eng yaxşi yoş futbolçi














