Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Barak Obamaning 70 foizdan ortiq qarorini bekor qilishi mumkin
AQSh Kongressining sobiq senati Nyut Gingrich
AQSh Kongressining sobiq senati Nyut Gingrichning taxmin qilishicha, yangi saylangan prezidenti Donald Tramp o‘z lavozimiga kirishganidan so‘ng, Obamaning 70 qarorini bekor qilishi mumkin.U Fox News telekanaliga bergan intervyusida shunday bayonot bergan.
«Menimcha, u inauguratsiyadan so‘nggi ilk kunlarida Barak Obamadan meros qolgan qarorlarning 60 yoki 70 foizini bekor qiladi. Shuningdek, Tramp Demokratik partiyaning ayrim vakillari bilan aloqani yo‘lga qo‘yishga urinib ko‘radi. Bu, albatta, respublikachilarni lol qoldirishi mumkin, biroq, Trampga Oq uy va Senatdagi tarafdorlari soni ortishiga yordam beradi», — degan Gingrich.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Tramp «aqlli huquqshunoslar» yordamida hatto Obamaning obektiv nuqtainazardan bekor qilish zarur bo‘lmagan qarorlarini ham o‘zgartirishi mumkin.
Sobiq spiker Obamaning so‘nggi harakatlarini «umidsiz quturish» deb baholab, uning qoldirayotgan qarorlarini «tobora havosi chiqib borayotgan qo‘g‘irchoq»qa qiyosladi.
Avvalroq, AQSh prezidenti Barak Obama, «Magnitskiy qonuni»ni butun dunyoga nisbatan joriy qilgan edi.
Mavzuga oid
08:33 / 07.05.2026
Obama nima uchun AQSh o‘zga sayyoraliklarni yashira olmasligini tushuntirdi
08:50 / 24.04.2026
Tramp: Putin G20 sammitiga kelsa, foydali bo‘ladi
08:55 / 23.04.2026
Politico: Tramp NATO davlatlarini “yaxshi” va “yomon”ga ajratdi
11:45 / 22.04.2026