Jahon | 20:41 / 26.12.2016
24040
2 daqiqa o‘qiladi

To‘rt davlat Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bojxona kodeksini imzoladi

Foto: TASS

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bojxona kodeksi 4 ta davlat – Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Armaniston prezidentlari tomonidan imzolandi. Bu haqda jurnalistlarga Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi hay'ati raisi Tigran Sarkisyan ma'lum qildi. 

Sarkisyanning aytishicha, Bojxona kodeksining yangi tahriri bu juda omilkor hujjat bo‘lib, unda jahon tajribalari tatbiq qilingan, bojxona tartibotlari ancha yengillashtirilgan, Ittifoqning tashqi chegaralarida mahsulotlarni rasmiylashtirish muddatlari qisqargan, elektron mexanizmlarni joriy qilish hamda tashqi iqtisodiy faoliyat operatori maqomini taqdim qilish tartibini osonlashtirish nazarda tutilgan.

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bojxona kodeksi 2009 yilda qabul qilingan Bojxona ittifoqi bojxona kodeksi o‘rniga keladi. 

Ittifoq a'zolari yangi Bojxona kodeksi 2018 yilda, kuchga kirgandan bir yildan keyin, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlariga xorijiy internet-do‘konlardan mahsulotlarning bojsiz kiritilishi bo‘sag‘asi sekin-asta kamayishni boshlashiga kelishib oldilar. Birinchi kamayish 2018 yilda 500 yevroga bo‘ladi. 500 yevrolik me'yordan yuqori qiymat uchun 30 foiz miqdorda, biroq 1 kg uchun 4 yevrodan kam bo‘lmagan to‘lov ko‘zda tutilgan.   

Yangi Bojxona kodeksi 2017 yil 1 iyuldan kuchga kirishi kutilmoqda.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid