Özbekiston vakillari «Yevroosiyo haftaligi» Xalqaro forumida iştirok etişadi, u 22 oktabr, duşanba kuni Yerevanda boşlanadi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi veb-saytida ma'lum qilindi.

«22-24 oktabr kunlari Yerevanda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) hududidagi davlat amaldorlari, tartibga soluvçi idoralar va biznes vakillarining eng yirik sammiti bölib ötadi. «Yevroosiyo haftaligi 2018»ning asosiy maqsadi - Ittifoq mamlakatlari hududida qulay işbilarmonlik muhitini yaratiş, işlab çiqariş aloqalarini mustahkamlaş, eksport salohiyatini rivojlantiriş, xorijiy sarmoyadorlar uçun jozibador şaroitlar yaratiş», - deyiladi xabarda.

Tadbirda ikki mingga yaqin iştirokçi va 150 nafardan ortiq ma'ruzaçilar, şu jumladan, YeOIIga a'zo davlatlar boş vazir örinbosarlari va hukumat vazirlari, davlat korporatsiyalari rahbarlari hamda biznes vakillari iştirok etadi.

Qatnaşçilar orasida Rossiya, Armaniston, Afğoniston, Özbekiston, Belarus, Vengriya, Germaniya, Gruziya, Eron, Italiya, Qozoğiston, Kamboja, Qirğiziston, Xitoy, Litva, Moldova, Nigeriya, Niderlandiya, Birlaşgan Arab Amirliklari, Buyuk Britaniya, AQŞ, Tojikiston, Qatar, Fransiya, Argentina, Ispaniya, Ukraina vakillari bor.

Dastur doirasida 30dan ortiq muhokama tadbirlari bölib ötadi.