Şu kunlarda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov boşçiligidagi parlament delegatsiyasi Turkiyada bölib turibdi, deb xabar beradi parlament sayti.
Antaliya şahrida 41 mamlakat delegatsiyasi a'zolari iştirokida ötayotgan “Iqtisodiy hamkorlik, atrof-muhit va Yevroosiyoning barqaror rivojlanişi” mavzusidagi Yevroosiyo parlamentlari spikerlarining III yiğilişida Özbekiston delegatsiyasi ilk bor qatnaşmoqda.
Taşrifning birinçi kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov Yevroosiyo parlamentari spikerlarining III yiğilişi doirasida Rossiya Federatsiyasi Federal Kengaşi Davlat Dumasi raisi Vyaçeslav Volodin bilan uçraşdi.

Muloqot çoğida tomonlar Yevroosiyo parlamentlari spikerlarining III yiğilişi kun tartibi, şuningdek, Yevroosiyo makonining iqtisodiy rivojlanişi istiqbollarini muhokama qildilar. Suhbat davomida Spikerlar yiğilişida köriladigan masalalar barça qatnaşçi mamlakatlar uçun dolzarb ekani qayd etib ötildi.
Yevroosiyo parlamentlari spikerlarining yiğilişida esa, iştirokçilar mintaqada hamkorlikni kuçaytiriş uçun qonunçilik tomonidan qöllab-quvvatlaş böyiça kuçlarni birlaştiriş, jumladan logistika, bojxona tartiblari, biznesni yuritişdagi tösiqlarni olib taşlaş kabi boşqa bir qator sohalarda özaro manfaatli şerikçilikni rivojlantiriş orqali inklyuziv va barqaror rivojlanişni ta'minlaşga kelişib oldilar.
Parlament a'zolarining navbatdagi uçraşuvi Qozoğiston Parlamenti Majlisi spikeri Nurlan Nigmatullin bilan keçdi. Muloqotlar asosini parlamentlarimiz hamkorligini yanada kengaytiriş, şuningdek, ikki mamlakat örtasidagi siyosiy va savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantiriş masalalari taşkil etdi.

Şuningdek, Nurdinjon Ismoilov boşçiligidagi delegatsiya a'zolari Turkiyaga taşrifi davomida uşbu mamlakat tibbiyot tizimi bilan yaqindan tanişiş maqsadida Antaliya şahar şifoxonasida bölib, bu yerda tibbiyot muassasalari faoliyatining huquqiy asoslari, qöllanilayotgan yangi texnologiya va yondaşuvlar bilan qiziqdi.

















