Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Istanbulda Gulen tarafdorlari ishi bo‘yicha birinchi sud jarayoni boshlandi
Istanbulda Turkiyadagi harbiy to‘ntaruv harakatida ayblanayotgan Fathulloh Gulenning terrorchi tashkiloti (FETÖ) tarafdorlari ishi bo‘yicha birinchi sud jarayoni boshlandi. Bu haqida Anadolu nashri xabar berdi.
Sudlanuvchilarning 29 nafari politsiya xodimi bo‘lib, ularning 25 nafari hibsga olingan. Harbiy to‘ntaruv harakati sodir etilgan kun sudlanuvchilar davlat rahbarining Istanbuldagi Tarabya tumanida joylashgan "Xuber" qarorgohini himoya bilan ta'minlash buyrug‘iga itoat qilishdan bosh tortishgan.
Politsiyachilar shuningdek mamlakat konstitutsion tizimini o‘zgartirishga urinishda ayblanmoqda.
Istanbul prokuraturasi tomonidan tayyorlangan 59 sahifali hujjatga ko‘ra, sudlanuvchilar davlat rahbari himoyasi uchun qarorgohga yo‘l olish buyrug‘iga itoat etmaslik bilan birga o‘z xizmatdoshlarini ham ulardan o‘rnak olib, to‘ntaruv harakatiga qarshi chiqmaslikka chorlashgan.
Prokuratura 21 nafar politsiyachiga umrbod qamoq jazosi, 8 nafariga esa - 15 yillik qamoq jazosini talab qilgan.
Mavzuga oid
13:14
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
08:56 / 28.05.2026
Ehtiyot choralarini bekor qilish vakolati faqat sudga o‘tkazilishi mumkin
16:20 / 26.05.2026
O‘lim to‘shagida ochilgan sir: turk tadbirkorining Shveytsariya bankiga qarshi moliyaviy urushi
13:52 / 26.05.2026