Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sotuvchi janjal-to‘polonsiz molni olib, pulni qaytarsa, katta savob ish qilgan bo‘ladi
Fikrini o‘zgartirib, molni qaytarib olib kelgan odamga muruvvat ko‘rsatib, molni qaytarib olish ishi fiqhda «iqolatun nodim» (afsuslangan odamni baydan ozod qilish) yoki «iqola qilish» deb ataladi. Ya'ni amalga oshirilgan yoki kelishib qo‘yilgan bayni baylashuvchi tomonlardan birining iltimosi bilan bekor qilishdir. «Iqola» lug‘atda kechirish ma'nosiga ham dalolat qiladi. Bu ikki tomonlama, ya'ni ham xaridor, ham sotuvchi tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Gohida inson ma'lum narsa ustida savdo qilib bo‘lib, keyin undan ham zarurroq ishlari borligi esiga kelib qolishi va qilgan savdosini bekor qilishni istashi mumkin. Yoki hatto sotib olib, uyiga olib ketgan narsani ham shunday sabablar bilan qaytarib kelishi holatlari uchrab turadi. Shunda sotuvchi janjal-to‘polonsiz, bag‘rikenglik bilan molni olib, to‘langan pulni qaytarsa, katta savob ish qilgan hisoblanadi. Abu Hurayradan (roziyallohu anhu) rivoyat qilingan hadisda Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) marhamat qilib bunday deganlar:
من أقال مسلما بيعته أقاله الله عثرته يوم القيامة
«Kim musulmon kishining savdosini iqola qilsa, Alloh qiyomat kunida uning ham xatosini iqola qiladi (kechiradi)» (Abu Dovud, Ibn Moja, Ibn Hibbon va Hokim, Sahih hadis).
Rahmatulloh SAYFUDDINOV
Yunusobod tumani bosh imom-xatibi,
Toshkent Islom Instituti o‘qituvchisi,
«Mirza Yusuf» jome masjidi imom-xatibi
Mavzuga oid
10:34 / 27.08.2022
«Saxovat» va «Muruvvat» uylarida davlat ta’minotiga olingan shaxslar soni 14 foizga ortdi
13:34 / 11.06.2018
Sotuvchining “sehr”li so‘zi bo‘lmasa...
21:57 / 07.03.2018
Umr xotimasining yaxshi va yomon belgilari
00:15 / 23.12.2017