Jahon | 10:34 / 27.08.2022
3741
1 daqiqa o‘qiladi

«Saxovat» va «Muruvvat» uylarida davlat ta’minotiga olingan shaxslar soni 14 foizga ortdi

2022 yilda 9 ta tibbiy-ijtimoiy muassasada 89,1 mlrd so‘mlik qurish va rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.  Bugungi kunda 50,0 mlrd so‘mlik (56,1 foiz) ishlar bajarildi.

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Tibbiy ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Bahodir Karimov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni har yili bepul tibbiy-ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olish ko‘lami 80 ming nafardan 120 ming nafarga (50 foizga) ortdi;

“Saxovat” va “Muruvvat” internat uylarida davlat ta’minotiga olingan shaxslar soni 14 foizga ortib, 9,3 ming nafarni tashkil etdi.

Reabilitatsiya texnik vositalari va protez-ortopediya buyumlari bilan ta’minlash deyarli ikki barobarga ko‘payib, 40,0 mingtadan ortdi. Muhtoj fuqarolarning o‘zi tanlagan ishlab chiqaruvchidan ushbu mahsulotlarni olishlarini ta’minlovchi tizim joriy qilindi.

Sanator sog‘lomlashtirilganlar va reabilitatsiya qilinganlar 65,0 ming nafarni tashkil etib, 20,0 foizga ortdi.

Shuningdek, tibbiy-ijtimoiy muassasalarda 340,2 mlrd so‘mlik qurilish-rekonstruksiya ishlari bajarildi.

Mavzuga oid