20 dekabr kuni Ibn Sino jamoat fondi Toşkent vraçlar malakasini oşiriş instituti hamda Dr. Mardon Group kompaniyasi bilan hamkorlikda Yaşnabod tumanidagi 52-maxsus maktab-internati tarbiyalanuvçilari uçun katta xayriya aksiyasini taşkil etdi.
Tadbirda maktab öquvçilari imkoniyati çeklangan bölişiga qaramay, bir-biridan çiroyli va qiziqarli raqslar, tomoşalarni namoyiş etişdi. Qiziği şundaki, mazkur bayram dasturiga maktabda tahsil olayotgan har bir öquvçi jalb etilib, özgaça tayyorgarlik körgan. KUN.UZ muxbiri ham aksiyada iştirok etib, tadbirdan maxsus fotoreportaj tayyorladi.

Ta'kidlaş joizki, jismonan va aqlan zaif bölgan bolalar uçun möljallangan maktab-internati özining tozaligi, tartibliligi bilan heç bir namunali ta'lim muassasasidan qolişmaydi. Bu yerda öqituvçilar har bir tarbiyalanuvçini bir zumga ham e'tiborsiz qoldirişmaydi. Bolalarning bari öqiş jarayoniga jalb etiladi. Darslardan söng, öquvçilar qöşimça tögarak va maşğulotlarga qolişadi. Oğir xastalangan 11 nafar öquvçi esa öz uyida öqitiladi.
Maktabda 181 nafar öquvçi tahsil oladi. Ular, şuningdek, köplab fan olimpiadalari, xalqaro tanlovlar ğolibi hamdir. Şuningdek, turli körgazmalarda ham öz ijodiy işlari bilan faol iştirok etişadi. Bunday muvaffaqiyat va natijalar ortida esa qariyb yarim asrlik mehnat maşaqqati yaşiringan. Imkoniyati çeklangan bolalarning hayotda öz örnini topib ulğayişida maktab direktori Ra'no Xamraliyevaning hissasi katta.

"Jismoniy yoki ruhiy nuqson bilan dunyoga kelgan farzandlarning 90 foizidan ortiği ota mehrisiz, e'tiborisiz qoladi. Çunki ular bunday vaziyatga çiday olişmaydi. Onalar esa bolasining nogiron tuğilganini körib, köz yoş tökib, qiynalib yaşaydi. Ularni atrofdagi odamlardan berkitib, odamlarning açinib qaraşidan hadiksiraydi. Biroq nima uçun? Aksinça, ayol kişi farzandini qanday bölsa, şundayligiça tan olişi kerak. Şundan söng, ikkinçi qism - bolalarning boşqalar kabi erkin ulğayişi uçun şaroit yaratişni öylaş lozim. Men bolalarni mehribonlik uylarida tarbiyalanişiga mutlaqo qarşiman. Har bir farzand öz ota-onasini, yaqinlarining yonida bölişi kerak. Biz esa qolgan böş vaqtda ularga ta'lim berib, hunar örgatişga tayyormiz", deydi 44 yildan beri şu maktabda mehnat qilib kelayotgan Ra'no opa.


Mazkur aksiya davomida maktab öquvçilari malakali şifokorlarning bepul tibbiy körigidan ötişmoqda. Şuningdek, ular uçun zamonaviy ikki qavatli (double-decker bus) avtobuslarda Toşkent böylab ajoyib sayohat taşkil etiş rejalaştirilgan.
"52-maxsus maktab-internati bugun menda katta taassurot qoldirdi. Bu yerda bolalar bizni juda iliq, samimiy kutib olişdi. Ta'lim muassasasining ozodaligi, bolalarning bir-biriga mehribonligini körib, töğrisi hayratda qoldim. Bugungi tadbirda iştirok etib, yuqori darajadagi pozitiv ruh, xotirjamlik va şukronalikni his qildim. Biz xayriya sifatida bolalarga yangi "Polivit Yunior" vitaminini taqdim etdik. Öylaymizki, bu bizning sönggi taşrifimiz bölib qolmaydi. Bu yerga yana jamoamiz bilan kelib turişga qaror qildik", deya qayd etdi Dr. Mardon Group kompaniyasi vakili Gulnora Rasulova.
Tadbirdan söng bolalarga yangi yil sovğalari ulaşildi. Söngra, taşkilotçilar tomonidan maktab tarbiyalanuvçilariga bayram dasturxoni yozildi.





















