Sotuvçining, avvalambor, tili şirin bölsin! Nima dedingiz? Dökonga kirsangiz, ular sizni xuşmuomala bilan kutib olişsa, biror narsa xarid qilişingiz yoki qilmasligingizdan qati nazar, yana oçiqköngillik bilan kuzatib qolişsa. Qanday ajoyib bölardi! Şu dökonga yana kirgingiz kelaveradi! Balkim, u qimmat dökondir, ammo siz xaridlaringizni şu yerda qilasiz. Xodimlarning şirin muomalasi ohanraboday öziga tortaveradi. Vaqtingiz bemalol bölsa, ba'zida ikki oğiz gurung uçun ham yana kelasiz. Bahonada rejangizda bölmagan buyumni sotib olib, sotuvçi bilan yana qadrdonlaşaverasiz. Ana şunaqa! Bu bir taktika.

Rivojlangan davlatlarda supermarketlar egasi  sotuvçi örniga olayotgan xodimdan, avvalo, muomala madaniyatini talab qilişi ham şundan. Internetda közim tuşgandi. Şveytsariyada har yili musobaqa ötkazilar ekan. Sotuvçilar musobaqasi. Eng köp “sehr”li sözlarni (“marhamat”, “keçirasiz”, “rahmat” va hokazo) bilgan va ularni örnida qöllay oladigan sotuvçi musobaqa ğolibiga aylanadi va katta mukofotni qölga kiritarkan. Bu balki, arzimas voqeadek tuyular. Örni kelganida aytdim-qöydim-da.

Foto: pixabay

Faktlarga e'tiboringizni qaratsak. 2018 yilning birinçi çoragi davomida Iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlari Samarqand viloyat hududiy birlaşmasiga savdo xizmatini körsatiş sohasidan 86ta ariza va şikoyatlar kelib tuşgan. Ular, albatta, ijobiy hal etilgan. E'tiborimizni tortgan jihati, ularning hammasida savdo xodimlari çek bermaganlari yoki buyumni almaştirişga rozi bölmaganliklaridan taşqari, albatta, xaridorlarga qöpol muomalada bölişadi. Köngli oğrigan kişilar taşkilotga murojaat qilişadi. Qöpolligi, ya'ni ma'naviy zarar uçun çora köriş bizning vakolatimiz doirasiga kirmasligi uçun sudga da'vo arizasi kiritiş lozimligini aytsak, andişali xalqmiz-da, darrov fikrlaridan qaytişadi. “Mayli, nosoz mahsulotni almaştirib bersangiz böldi, ularni Xudoga soldim”, deb qöya qolişadi.  Bu haqiqat.  Yoki ayrim dökonlarda körinarli joylarga katta e'lon osib qöyilgan. Unda nima yozilganini taxmin qilayotgandirsiz. Ha, şunday. “Sotilgan buyumlar qaytarib olinmaydi!”. Bu holat hamma savdo dökonlariga tegişli emas, albatta. Özini hurmat qilgan tadbirkor bunday qilmaydi, oçiqdan oçiq qonunga qarşi bormaydi. Bu endi boşqa masala.

Muomala madaniyati haqida gaplaşayotgandik. “Siyob dehqon bozori”ni bilmaydigan kişi yöq. Şarqona bozor deyilganda, köz oldimizga, avvalambor, şu maskan keladi. Zamonaviy, hamma qulayliklarga ega, yetti iqlimdan savdogarlar-u, mehmonlar kelib ketadigan köhna va fayzli makon.