Jahon | 14:46 / 28.12.2016
6025
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Filippin prezidentini ag‘darishga aloqador ma'lumotni rad etdi

Foto: AP

Filippindagi AQSh elchisi mamlakat prezidenti Rodrigo Duterteni ag‘darib tashlashga aloqador kelishuv borligi haqidagi ma'lumotni inkor etdi. Bu haqda ABS-CBN mahalliy telekanali xabar bermoqda.

“AQSh davlat kotibi Kerri joriy yilning iyul oyida Duterte bilan uchrashgan vaqtida Qo‘shma Shtatlar Filippin suvereniteti va filippin xalqining demokratik tanlovini hurmat qilishini aytib o‘tgan edi”, — dedi elchixonada bo‘lgan matbuot anjumanida Molli Kosina.

Dutertening vakili Ernesto Abella 27 dekabr kuni AQShning bu boradagi xatti-harakatlari unga ma'lum ekanligini aytib o‘tgan edi. 
“AQSh Davlat departamenti shunga yaqin ishlarni rejalashtirganini inkor etmoqda”, — dedi u.

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid