Yaponiya mamlakat qishloq xo‘jaligi sohasiga xorijiy ishchilarni jalb etadi

Foto: wjs
Yaponiya hukumati malakali xorijiy ishchilarga maxsus iqtisodiy zonalarning qishloq xo‘jaligi sektorida mehnat qilish imkonini beradi. Bu fermer xo‘jaliklaridagi ishchi kuchining yetishmovchiligi bilan bog‘liq, deb ma'lum qildi Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe milliy strategik maxsus zonalar masalalari bo‘yicha maslahatlashuv kengashi yig‘ilishida. Bu haqda Japan Times xabar bermoqda.
Taklif cheklangan: ular bir qator talablarga javob beruvchi nomzodlarga taqdim etiladi. Buning uchun o‘z mamlakatida qishloq xo‘jaligi sohasida universitet darajasida ta'lim olgan bo‘lishi va yapon tilida muloqot qila bilish talab etiladi. Maxsus zonalardagi ish beruvchilar xorijiy ishchilarga yaponlarga xuddi shu mehnat uchun to‘laydigan mablag‘ni berishlari lozim.
Bu yangilik 1993 yilda amalga joriy etilgan tizimdan chekinish demakdir. U rivojlanayotgan davlatlardan bo‘lgan malakasiz ishchilarga qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda mehnat qilish imkonini bergan. Bunday tizim ishchi kuchining arzonlashtirish usuli sifatida jiddiy tanqid ostiga olingan.
Maxsus strategik zonalar esa o‘z oldiga Akita, Ibaraki, Aiti va Nagasaki prefekturalaridagi fermalarga malakali ishchilarni jalb qilishni maqsad qilib qo‘ygan. Hududiy tiklanish vaziri Kodzo Yamamotoning jurnalistlarga xabar berishicha, hukumat endilikda yangi tizimni yaxshilash uchun ish olib boradi. Bu maxsus strategik zonalar haqidagi qonunchilikka qo‘shimchalar kiritishni ko‘zda tutadi.
Hukumat ma'lumotlariga ko‘ra, 2015 yilda fermerlik bilan shug‘ullangan 2,10 million kishi 65 yoshdan katta bo‘lgan.
Bundan tashqari, yig‘ilishda hukumat maxsus strategik zonalarda bolalarni parvarish qilish bo‘yicha kichik markazlarga 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qarash imkonini berishga ham qaror qildi. Bu kichik yoshdagi bolalarning ota-onalariga ishga qaytish imkonini beradi.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya muzokaralar kunida Ukrainaga dronlar bilan hujum qilishda davom etdi
Jahon | 12:34
-
To‘qayev tug‘ilgan kunini nishonlamaydi - Oqo‘rda
Jahon | 12:16
-
Sutchilik tarmog‘ini rivojlantirishga 53 mln dollar ajratiladi
O‘zbekiston | 12:11
-
Suriya banknotlarini Rossiyada bosib chiqarishni to‘xtatmoqchi
Jahon | 11:34
Mavzuga oid

12:05 / 16.05.2025
Dehqonlarga issiq havoda ekinlarni parvarishlash bo‘yicha tavsiyalar berildi

11:21 / 16.05.2025
Tokioda O‘zbekistonning besh nafar fuqarosi qo‘lga olindi

18:42 / 13.05.2025
Bu hafta bizni may uchun rekord issiq kutmoqda - Erkin Abdulahatov

19:53 / 10.05.2025