09:52 / 28.12.2016
5444

Peruda 12 kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi qochib ketdi

Peru janubida avtomobil jarga tushib ketishi oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda La Republica mahalliy nashri.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, voqea Ayakucho viloyatida 27 dekabrda yuz bergan. 16 yo‘lovchini olib ketayotgan avtomobil 300 metrlik balandlikdan jarga qulagan. Voqea joyiga politsiya va o‘t o‘chiruvchilar yetib kelgan. Uch nafar jarohat olgan yo‘lovchi shifoxonaga olib borilgan. Avtomobil haydovchisi qochib ketgan.

Fojianing aniq sababi aniqlashtirilmoqda. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, haydovchi boshqaruvni qo‘ldan chiqargan. 

Top