NASA aerokosmik agentligi Marsga doir rejalar tuzayotgan yagona kosmik agentlik emas. Butun dunyo böylab bir neça boşqa xususiy va davlat kompaniyalari ham Qizil sayyorani zabt etişni közlaşmoqda. Marsga doir barça ğoyalar haqida yoziş mumkin, biroq ularning aksariyati reallikdan ança yiroq yoki kiçik kölamli loyihalar hisoblanadi. High News naşri yaqin 10-20 yilda Marsga boğliq qanday kosmik rejalar kutilayotgani haqida ma'lum qildi.
NASA dasturlari

Agentlik oldida Marsga çiqişdan avval hal qiliş kerak bölgan köplab masalalar va vazifalar turibdi. Ularning orasida eng muhimlaridan biri - hayotiy ta'minot tizimlar texnologiyasini modernizatsiyalaş va sinovdan ötkaziş, şuningdek Space Launch System (SLS) loyihasi qurilişini tugallaş vazifasi. Space Launch System (SLS) - Oy va Marsga parvozlar uçun möljallangan köp profilli haddan ziyod oğir taşuvçi-raketa. Tizimning birinçi sinov parvozi 2018 yilning oxirida amalga oşiriladi.
NASA odamlarni Marsga çiqarişdan oldin yana bir neça uçuvçisiz kosmik missiyalarni işga tuşirişni rejalaştirmoqda. InSight (Interior Exploration using Seismic Investigations, Geodesy and Heat Transport) ularning birinçisi böladi, u Discovery dasturi doirasida 2018 yil oxirida işga tuşiriladi. Missiya vazifasi Marsga tadqiqot modulini yetkazişdan iborat böladi, maqsad - Qizil sayyoraning içki tarkibini örganiş.
Qöniş apparatlari haqida gap ketganda, NASA'ning 2020 yilda Qizil sayyoraga yangi marsoxodini qöndiriş rejalari haqida unutmaslik kerak. Amerika kosmik agentligiga işonadigan bölsak, yangi rover eng ilğor ilmiy uskunalar bilan jihozlangan böladi.
EkzoMars missiyasi: ikkinçi qism

Joriy yilda EkzoMars kosmik missiyasining birinçi qismi doirasida ötkazilgan modulning muvaffaqiyatsiz sinovlaridan keyin Yevropa kosmik agentligi (YeKA) uşbu dasturning ikkinçi qismini amalga oşiriş istagini söndirmadi. 2020 yilda YeKA Marsga yangi turli ilmiy uskunalar bilan jihozlangan marsoxodni qöndirişni rejalaştirmoqda. Bu olimlarga Qizil sayyoraning tuzilişini örganiş, şuningdek ekzobiologik va geokimyoviy tahlillar ötkazişga yordam beradi.



















