Texnologiya | 14:38 / 14.11.2025
3593
3 daqiqa o‘qiladi

NASA Marsga EscaPade pilotsiz missiyasini muvaffaqiyatli uchirdi

Blue Origin xususiy kompaniyasining New Glenn og‘ir raketaci Marsni o‘rganish bo‘yicha NASA missiyasi doirasida Qizil sayyoraning fazosi va iqlim tarixi tadqiqoti uchun yo‘l oladigan ikki EscaPade zondini orbitaga chiqardi.

Foto: Joe Skipper

New Glenn og‘ir turdagi raketaci Marsda tadqiqotlar o‘tkazish uchun yo‘l oladigan ikkita «egizak» zondni Yer atrofi orbitasiga olib chiqdi. Raketa ishlab chiqaruvchisi — milliarder Jyeff Bezosga tegishli Blue Origin Amerika aerokosmik korporatsiyasi 13 noyabr kuni Floridadagi Kanaveral qirg‘og‘ida joylashgan kosmodromdan muvaffaqiyatli uchirish haqida xabar qildi.

Deyarli 100 metr balandlikdagi New Glenn raketaci uchinchi urinishda uchirildi, u AQSh Milliy aeronavtika va kosmik tadqiqotlar boshqarmasi (NASA) buyurtmasiga binoan xususiy Rocket Lab kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan zondlarga ega. EscaPade missiyasi doirasida ular Mars atrofidagi fazoni va sayyoraning iqlim tarixini o‘rganadi. Jumladan, Qizil sayyora atmosferasi va suvini qanday yo‘qotib qo‘yganini tushuntirishga harakat qilinadi.

Missiyaning maqsadi — «Quyoshning Mars o‘tmishi va hozirgi holatiga ta’sirini yaxshiroq tushunish», bu esa, NASA ta’kidlashicha, «kelajakda Marsni tadqiq etuvchi insonlarni Qizil sayyoraga qadam qo‘yishida ehtimoliy xavfli kosmik ob-havodan himoya qilishga yordam berishi mumkin».

New Glenn raketaci uchirilishi ikki marta yomon ob-havo sharoiti tufayli keyinga qoldirilgan edi. Blue Origin’ning og‘ir raketasini birinchi tijoriy parvozida texnik jihatdan muvaffaqiyat kutdi: uchirish uchun zarur bo‘lgan uning kuchayish bosqichi parvozdan so‘ng rejaga muvofiq Atlantika okeanidagi suzuvchi platformaga qo‘ndi.

New Glenn og‘ir raketacining uchirilishi kosmik parvozlar bozorida hukmron o‘rinni egallab turgan Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi bilan Jyeff Bezos loyihasi o‘rtasidagi raqobat kuchaygan bir paytga to‘g‘ri keldi. Blue Origin ham, SpaceX ham kosmosga katta miqdorda sun’iy yo‘ldoshlar jo‘natish, xususiy kosmik stansiyalar ochish va Oyga muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘yishga intilmoqda.

Blue Origin 2016 yildan beri ishlab chiqqan New Glenn raketacining sinov parvozi yanvar oyida amalga oshirilgan edi. Uchishdan 13 daqiqa o‘tgach, raketa rejalashtirilgan parvoz rejasiga muvofiq yuk modulini orbitaga chiqardi, ammo shundan so‘ng Atlantikadagi platformaga qo‘na olmadi. Ko‘p marta ishlatiladigan birinchi bosqichga ega 98 metrli bu raketa Yer atrofi orbitasiga 45 tonnagacha yuk chiqara oladi. Ishlab chiquvchilar rejasiga ko‘ra, u kamida 25 marta qayta parvoz qila olishi va har bir kosmik parvozdan so‘ng barjaga qo‘nishga qodir bo‘lishi kerak.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid