Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya prezidenti Qirg‘izistonga neft mahsulotlarini boj to‘lovisiz yetkazib berish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qirg‘iziston bilan neft va neft mahsulotlari yetkazish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvni imzoladi. Kelishuv neft mahsulotlarini Qirg‘izistonga boj to‘lovisiz yetkazib berishni ko‘zda tutadi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
Kelishuv shartlariga ko‘ra, Rossiya Qirg‘izistonga ichki iste'mol uchun yetkazib berilayotgan neft mahsulotlariga olib chiqish boj to‘lovini olmaydi.
Neftning ichki iste'mol hajmi har yil boshigacha kelishib olinadi.
Ushbu kelishuv neft va neft mahsulotlarini reeksport qilishni taqiqlaydi. Agar bunday holatlar qayd qilinsa, Rossiya bojsiz to‘lovlarni to‘xtatishi mumkin.
Mavzuga oid
09:32
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026