Jahon | 09:50 / 29.12.2016
9208
1 daqiqa o‘qiladi

Suriyada IShID yetakchilaridan biri yo‘q qilingani ma'lum qilindi  

Foto: AP

Suriyada AQSh boshchiligidagi koalitsiya aviazarbasi natijasida IShIDning yuqori martabali yetakchilaridan biri yo‘q qilindi. Bu haqda Vashingtondagi harbiy manbaga iqtibos keltirgan holda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda. 

Ta'kidlanishicha, IShID qo‘mondoni Abu Jandal Al-Kuvaytiy Raqqa shahridan 40 km uzoqlikda joylashgan, Efrot daryosidagi to‘g‘on yaqinida yo‘q qilingan. 

Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, Al-Kuvaytiy IShIDning Raqqadagi muhim yetakchilaridan biri bo‘lgan. Uning o‘limi haqidagi axborot terrorchilar tarafdorlari tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda ham tasdiqlangan. 

Abu Jandal Al-Kuvaytiy  Foto: yalibnan.com
Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid