Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi qo‘shma korxona Apple'ning ehtimoliy ta'minlovchilari ro‘yxatiga kirdi
O‘zbekistonda kabel va sim ishlab chiqaruvchi ProCab qo‘shma korxonasi rasmiy ravishda Apple korxonasining xom ashyo bilan ta'minlash ro‘yxatiga kiritildi. ProCab korxonasi dekabr oyida Apple korxonasiga talabnoma bergan. Bu haqda korxona Kun.uz’ga xabar berdi.
Xususan, talabnomaga ko‘ra, mis kabel va simlar, kuchli tok kabeli, izolyatsiyalangan va izolyatsiya qilinmagan simlar ishlab chiqarish mumkinligi ko‘rsatilgan.
Ma'lum bo‘lishicha, 27 dekabr kuni Apple korxonasidan ro‘yxatga qo‘shilganlik to‘g‘risida javob kelgan.
«Apple sifatni yuqori darajada ushlash bilan ma'lum va ProCab bu ishda yordam berishga tayyor. Biz kabel va simlar bo‘yicha ta'minlovchi bo‘lishga talabnoma yubordik. Shu bilan birga, Apple direktori Tim Kukka xat yo‘naltirdik va Toshkentdagi zavodimizga taklif qildik. Apple bilan hamkorlik qilishdan va O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xalqaro bozorlarda tanitishdan xursandmiz», deya izoh berishdi ProCab korxonasida.

Ma'lumot uchun, «PROCAB» qo‘shma korxonasi 2012-yilda tashkil topgan bo‘lib, ishlab chiqarish zavodi Toshkent shahrida joylashgan.
Mavzuga oid
21:51 / 08.07.2026
iPhone 18 Pro yangi kamera va akkumulyator tufayli sezilarli darajada qalinlashadi
08:55 / 06.07.2026
iPhone 18 Pro haqidagi maxfiy hujjatlar sizdirildi
20:00 / 03.07.2026
Gadjetlar qimmatlamoqda: chiplarning global taqchilligi smartfon va noutbuklar narxini oshiryapti
20:25 / 29.06.2026