WP: Donald Tramp Reygan va Kennedi ma'ruzalaridan o‘rnak olmoqchi
AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp o‘zining inauguratsiya nutqini mustaqil yozish istagini bildirdi, deb yozmoqda Washington Post nashri so‘nggi kunlarda respublikachi prezident bilan uchrashganlarga asoslangan holda. U mamlakatning sobiq prezidentlari Ronald Reygan va Jon Kennedidan ilhomlangan holda, shunday yo‘l tutmoqchi.
Ta'kidlanishicha, yangi prezident lavozimiga kirishish tantanasidagi ayrim jihatlarini allaqachon ma'lum qilgan. Matnni yozishda Trampga spichrayter (nutq yozuvchi) Stiven Miller maslahat bermoqda. Tramp ma'muriyatida siyosiy masalalar bo‘yicha bosh maslahatchi lavozimini egallashi kutilayotgan Miller, respublikachining saylovoldi kampaniyasi chog‘idagi nutqlarini ham yozib bergan edi.
«Trampning so‘zlariga ko‘ra, Reyganning «ajoyib uslubi» va Kennedining milliy manfaatlarga bergan urg‘ulari o‘zining 20 yanvardagi ma'ruzasini yozishda namuna vazifasini o‘tashi kerak», — deyiladi nashrda.
Ismi oshkor qilinmagan manbaning so‘zlariga ko‘ra, saylangan prezident Kennedining «mamlakatni Oyga parvoz qilishga ruhlantirish qobiliyati»dan ilhomlangan.
Mavzuga oid
17:45 / 02.11.2024
Prokurorlikdan vitse-prezidentlikka qadar. Kamala Harris kim?
15:30 / 02.11.2024
AQSh 2023 yil 7 oktyabrdan beri Isroilga 17,9 mlrd dollarlik harbiy yordam berdi
10:48 / 02.11.2024
AQSh iqtisodiyoti har qachongidan ham kattaroq va yaxshiroq. Siyosiy qarorlar buni barbod qilishi mumkinmi?
10:30 / 02.11.2024