Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda qoramol o‘g‘irlash va ularni sotish bilan shug‘ullangan yirik jinoiy guruh qo‘lga olindi
Buxoroda qoramol o‘g‘irlash va ularni sotish bilan shug‘ullangan yirik jinoiy guruh qo‘lga olindi. “Na postu” gazetasining bildirishicha, besh kishidan iborat guruh viloyatning Jondor, Romitan, Buxoro, Kogon, Olot kabi tumanlarida ko‘p miqdorda sigir va ho‘kizlarni o‘g‘irlab sotishgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, fuqarolarga tegishli bo‘lgan uy hayvonlari umumiy hisobda 43 100 000 so‘mga sotib yuborilgan. Jinoyatchilar Olot tumaniga navbatdagi o‘g‘irlikni sodir etish uchun kelishganda, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Ushbu holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Jabrlanganlardan bir qismiga qoramollar qaytarib berildi.
Mavzuga oid
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
10:45 / 16.06.2026
Zelenskiy Putinga G7 sammitida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
10:02 / 13.06.2026