Jahon | 09:20 / 30.12.2016
11660
1 daqiqa o‘qiladi

Obama: Moskvadagi AQSh diplomatlari ta'qib qilinmoqda

Arxiv surat

AQShning amaldagi prezidenti Barak Obama Moskvadagi amerika diplomatik missiyasi vakillari rossiya maxsus xizmatlari tomonidan “ta'qib qilinayotgani” haqida ma'lum qildi. Bu haqda Oq uy saytida xabar qilingan.

“Bizning diplomatlar so‘nggi bir yilda Moskvada juda ham qattiq ta'qib qilindi. Bu holat rossiya maxsus xizmatlari va politsiyasi tomonidan amalga oshirilgan. Bunday harakatlar turli oqibatlarga olib keladi”, - deyiladi Oq uy bayonotida.

Amerika yetakchisi AQShning barcha fuqarolarini “Rossiya harakatlaridan ehtiyot bo‘lishga” chaqirdi. Sababi mamlakatdagi prezidentlik saylovlariga aralashuv haqidagi buyruq “rossiya hukumatining eng yuqori darajasida” berilgan.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid