Jahon | 16:26 / 30.12.2016
8563
1 daqiqa o‘qiladi

Putin amerikalik 35 diplomatni Rossiyadan chiqarib yuborishga doir taklifni ko‘rib chiqmoqda

Foto: TASS

TIV rahbari Sergey Lavrov idora Rossiya prezidenti Vladimir Putinga 35 nafar amerikalik diplomatni mamlakatdan chiqarib yuborish taklifini kiritgani to‘g‘risida ma'lum qildi. TASS agentligi shu haqida xabar berdi

"Albatta, biz bunday munosabatni javobsiz qoldira olmaymiz, salomga alik bilan javob berish diplomatiya va xalqaro munosabatlar qonunidir. Shu bois Rossiya TIV boshqa idoralardagi hamkasblari bilan birgalikda Rossiya prezidentiga AQSh elchixonasining Moskvadagi 31 nafar xodimi va Sankt-Peterburgdagi bosh konsullikda faoliyat yurituvchi 4 nafar diplomatni non grant personallari, deb e'lon qilish taklifini kiritdi", - dedi Lavrov. 

Shuningdek, Sergey Lavrov AQShga Moskvadagi ikki obektdan foydalanish ham taqiqlanishi mumkinligini qo‘shimcha qildi. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid