Jahon | 19:59 / 30.12.2016
11466
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev nomiga jahon mamlakatlari va tashkilotlari rahbarlaridan tabriklar kelmoqda

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga kirib kelayotgan Yangi yil munosabati bilan qator xorijiy davlatlar va tashkilotlar rahbarlari tomonidan qutlovlar yo‘llanmoqda. 

Rossiya rahbari Vladimir Putin o‘z tabrigida ikki tomonlama hamkorlik va siyosiy muloqotlar kengayib borayotganini ta'kidlab o‘tgan. U Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik sheriklik yanada mustahkamlanishiga ishonch bildirdi. Shuningdek, Markaziy Osiyodagi tinchlik, xavfsizlik va barqarorlik uchun yaqin o‘zaro aloqalar muhim o‘rin tutishi ta'kidlandi.

Shuningdek, 

Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi – Dmitriy Medvedev,

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti – Nursulton Nazarboyev,

Turkmaniston Prezidenti – Gurbanguli Berdimuhamedov,

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti – Almazbek Atamboyev,

Tojikiston Respublikasi Prezidenti – Imomali Rahmon,

Belarus Respublikasi Prezidenti – Aleksandr Lukashenko,

Armaniston Respublikasi Prezidenti – Serj Sargsyan,

Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti – Ashraf G‘ani,

Ispaniya Qiroli – Felipe VI,

Germaniya Federativ Respublikasi Federal Prezidenti – Yoaxim Gauk,

Buyuk Britaniya Bosh vaziri – Tereza Mey,

Polsha Respublikasi Prezidenti – Andjyey Duda,

Islandiya Prezidenti – Gvyudni Torlasiyus Youxannesson,

Kuvayt Davlati Amiri – Saboh al-Ahmad al-Jobir as-Saboh,

Mo‘g‘uliston Prezidenti – Tsaxiagiyn Elbegdorj,

Yangi Zelandiya General gubernatori – Petsi Reddi,

MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibi – Sergey Lebedev,

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti – Tomas Bax,

«Lotte grupp» kompaniyasi prezidenti – Shin Dong Bin,

G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti rektori – Viktor Grishin,

Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistondagi doimiy vakili – Stefan Prisner samimiy qutlovlarini jo‘natishgan.

Tabriklar kelishi davom etmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid