Jahon | 19:09 / 30.12.2016
15590
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya diplomatlarni olib kelish uchun AQShga samolyot jo‘natadi

Foto: RIA

Rossiya diplomatlar va ularning oilalarini olib kelish uchun AQShga samolyot jo‘natadi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi. 

Avvalroq AQSh prezidenti Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritishni ma'qullagandi. Unga ko‘ra AQShdagi 35 nafar rossiyalik diplomatga mamlakatni 72 soat ichida tark etish sharti qo‘yilgan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQShning bu sanksiyalariga izoh berib, Rossiya amerikalik diplomatlarni chiqarib yubormasligini aytgan.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid