Jahon | 14:35 / 30.12.2016
11849
1 daqiqa o‘qiladi

Suriyadagi operatsiyalar boshlanganidan buyon yo‘q qilingan IShID jangarilari soniga aniqlik kiritildi

Foto: © AFP

Turkiya armiyasi Suriya shimolida "Frot qalqoni" operatsiyasi boshlanganidan buyon IShID terrorchi guruhining 1171 nafar jangarisi va 291 nafar kurdlar to‘dasi a'zosining yo‘q qilinganligi to‘g‘risida ma'lum qildi. RIA "Novosti" shu haqida xabar berdi

"Frot qalqoni" operatsiyasiga start berilgan vaqtdan boshlab, 1294 IShID terrorchisi qo‘lga olingan, ulardan 1171 nafari o‘ldirilgan, 117 nafari jarohat olgan va 6 nafari asirlikka olingan. Shuningdek, Suriya kurdlari mudofaa kuchlarining 306 nafar jangarisi qo‘lga olingan, ulardan 291 nafari o‘ldirilgan, 4 nafari jarohat olgan va 11 nafari taslim bo‘lgan", - deyiladi manbada.

Bundan tashqari, terrorchilarning Suriya hududlarida band qilgan 883 obekti yo‘q qilingan.

 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid