Sport | 23:20 / 31.12.2016
8550
3 daqiqa o‘qiladi

APL, 19-tur. "Chelsi"ning g‘alabali seriyasi davom etadi, "MYu" "Midlsbro"ni qiyinchilik bilan yengdi

Foto: Twitter/ManUtd

Bugun Angliya Premer ligasining 19-turi davom ettirildi. 

"Chelsi" o‘z maydonida "Stok Siti" bilan bahs olib bordi. Gollarga boy bo‘lgan uchrashuv mezbonlarning 4:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. 

Mezbonlar safida Villian dublga erishgan bo‘lsa, Keyxill hamda Diyego Kosta 1tadan gol kiritdi. "Stok Siti" gollariga Martins Indi hamda Piter Krauchlar mualliflik qilishdi. 

Yana bir uchrashuvda "Manchester Yunayted" o‘z uyida "Midlsbro" bilan kuch sinashdi. 

Dastlab mehmonlar 67-daqiqada Lidbitterning goli evaziga hisobda oldinga chiqib olishdi. O‘yinning so‘nggi daqiqalari manchesterliklar tarkibida Pogba hamda Marsyal 1tadan gol kiritib, jamoasiga uch ochko olib kelishdi. 

APLning amaldagi chempioni "Lester" o‘z uyida "Vest Hem" ustidan kichik hisobdagi g‘alabaga erishdi. Yagona golni 20-daqiqada Slimani kiritdi. 

 

APL, 19-tur. 

Chelsi – Stok Siti 4:2 (1:0, 3:2)
Gollar:
 1:0 – 34 Keyxill, 1:1 – 46 Martins Indi, 2:1 – 57 Villian, 2:2 – 64 Krauch, 3:2 – 65 Villian, 4:2 – 85 Diyego Kosta.
Chelsi – Kurtua, David Luiz, Keyxill, Alonso, Aspilikueta, Fabregas (Matich, 73), Mozes (Ivanovich, 82), Villian (Chaloba, 84), Kante, Azar, Diyego Kosta.
Stok Siti – Grant, Shoukross, Piters, Jonson, Martins Indi, Allen, Adam, Afellay (Imbula, 62), Shakiri (Krkich, 61), Krauch, Diuf.
Ogohlantirishlar: Mozes (24), Fabregas (59), Alonso (70), Diuf (70), Adam (86).

Manchester Yunayted – Midlsbro 2:1 (0:0, 2:1)
Gollar:
 0:1 – 67 Lidbitter, 1:1 – 85 Marsyal, 2:1 – 86 Pogba.
Manchester Yunayted – De Xea, Valensiya, Smolling (Reshford, 72), Bayi, Blind (Roxo, 64), Fellayni (Mata, 64), Errera, Pogba, Mxitaryan, Marsyal, Ibragimovich.
Midlsbro – Valdes, Chembers, Frend, Espinosa, Gibson, de Ron, Lidbitter (Kleyton, 78), Traore (Fabio, 82), Forshou, Dauning (Ramires, 63), Negredo.
Ogohlantirishlar: Blind (57), Chembers (90).

Bernli – Sanderlend 4:1 (1:0, 3:1)
Gollar: 
1:0 – 31 Grey, 2:0 – 51 Grey, 3:0 – 53 Grey, 4:0 – 67, penalti Barns, 4:1 – 71 Defo.
Ogohlantirishlar: Jons (42), Marni (45).

Lester – Vest Hem 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 
1:0 – 20 Slimani.
Ogohlantirishlar: Xut (44), Ogbonna (45), Amarti (47), Olbrayton (66), Nordtveyt (71), Shmeyxel (72), Simpson (83), Lansini (84).

Sauthempton – Vest Bromvich 1:2 (1:1, 0:1)
Gollar: 
1:0 – 41 Long, 1:1 – 43 Fillips, 1:2 – 50 Robson-Kanu.
Ogohlantirishlar: van Deyk (32), Nom (36), Robson-Kanu (52), Douson (75), Bufal (77).
Chetlatish: van Deyk (89).

Suonsi – Bornmut 0:3 (0:2, 0:1)
Gollar: 
0:1 – 25 Afobe, 0:2 – 45 Freyzer, 0:3 – 88 King.
Ogohlantirishlar: Ki Son Yen (1), Amat (34).

Азимжон Бердибеков
Tayyorlagan Азимжон Бердибеков
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid