Huawei O‘zbekistonni raqamlashtirish va ma'lumotlar markazlarini yaratish g‘oyasini ilgari surdi
Huawei kompaniyasi O‘zbekistonda 16 yildan beri faoliyat olib bormoqda. Kompaniya asosiy uchta biznes yo‘nalishida faoliyat olib boradi: bular «carrier» (mobil operatorlari bilan ishlash), «enterprise» (korporativ mijozlar bilan ishlash) va «consumer» (mobil qurilmalar va smartfonlarni ishlab chiqarish va sotish)dir. Bu haqda «Huawei Tech Investment Tashkent» MChJ XK bosh direktori Van Pen aytib o‘tdi.
Uning ma'lum qilishicha, «Mobile Broadband» (mobil internetni rivojlantirishga bag‘ishlangan) va «Sloud Summit» (bulutli texnologiyalarni rivojlantirishga bag‘ishlangan) sammitlari hamkorlarda katta qiziqish uyg‘otgan.
“Terminal biznesi, boshqacha qilib aytganda, smartfonlar va foydalanuvchilarning turli mobil qurilmalari bu yil o‘z ko‘rinishini keskin o‘zgartirdi. Ilmiy laboratoriyalarimiz nihoyat jahon darajasiga chiqdi va ishlab chiqarilayotgan «devayslar» butun jahonda tobora jozibali bo‘lib bormoqda. Lionel Messi, Genri Keyvil va Robert Levandovskiy kabi yulduzlar Huawei brendining turli mamlakatlardagi qiyofasiga aylanishdi”, dedi u.
Ma'lumotlarga ko‘ra, bulutli texnologiyalar, keng polosali texnologiyalarni rivojlantirish, xavfsiz shahar loyihalari, O‘zbekistonni raqamlashtirish va ma'lumotlar markazlarini yaratish g‘oyasi kompaniya tomonidan faol tarzda ilgari surilmoqda. O‘zbekistonda ushbu texnologiyalar va loyihalarning rivojlanishi «Elektron ta'lim», «Elektron tijorat», «Elektron sog‘liqni saqlash» va «Elektron hukumat» kabi yo‘nalishlarni ko‘tarishga yordam beradi.
Mavzuga oid
14:28 / 16.11.2024
Buyuk Britaniyada firibgarlarni aldovchi “neyron buvi” ishga tushirildi
16:54 / 13.11.2024
Apple iPhone narxidagi kitobini chiqardi
16:03 / 11.11.2024
Xitoydagi daryoda dunyodagi birinchi qutqaruvchi robot patrullik qilishni boshladi
19:32 / 07.11.2024