Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Falastin rahbari AQShning yangi ma'muriyati bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi
Falastin rahbari Mahmud Abbos 31 dekabrda AQShning yangi prezidenti Donald Tramp bilan Falastin-Isroil ixtilofini hal qilish uchun hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda.
"Biz ikki davlat mavjudligining tan olinishiga asoslangan tinchlikka erishish uchun AQShning saylangan prezidenti ma'muriyati bilan ishlashga tayyorligimizni ta'kidlab o‘tmoqchimiz", deb aytdi Abbos. U AQShning amaldagi ma'muriyatiga Isroilga Falastin hududlarida uy-joy qurishni taqiqlovchi rezolyutsiyaga taqiqlov qo‘ymagani uchun minnatdorchilik bildirdi.
AQSh ko‘p yillardan "ikki xalq uchun ikki davlat" tamoyilini tinchlik sulhining asosi sifatida qarab keladi. Biroq Tramp bu masala bo‘yicha boshqa fikrga ega va u tomonidan AQShning Isroildagi elchisi etib tayinlangan Devid Fridman Iordan daryosining G‘arbiy sohilida uy-joy qurishga yaqindan aloqador.
Mavzuga oid
22:58 / 15.07.2026
AQShda Tramp tasvirlangan 1 dollarlik tanga chiqariladi
18:51 / 15.07.2026
Tramp jinsiy zo‘ravonlik va tuhmat ishi bo‘yicha 5 million dollar to‘ladi
18:11 / 15.07.2026
Xitoy avtomobil bozori jahon reytingida 1-o‘rinni egalladi
11:20 / 15.07.2026