Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Istanbuldagi terakt vaqtida qaysi xorijiy davlatlar fuqarolari halok bo‘lgani aytildi
Istanbulda Yangi yil bayrami kuni tungi klubga qilingan hujum vaqtida halok bo‘lganlar orasida Saudiya Arabistoni, Marokash, Livan va Liviya fuqarolari bo‘lgan. Bu haqda Turkiya oilalar va ijtimoiy siyosat vazirligiga asoslangan holda Anadolu xabar berdi.
Shuningdek, qurbonlardan biri Belgiya fuqarosi edi. Bu ma'lumot Turkiya TIV rahbari Dide Reyndersning rasmiy tvitteri orqali tasdiqlangan.
1 yanvar kuniga o‘tar kechasi Istanbuldagi Reina klubida Yangi yil oqshomi o‘tkazilayotgan vaqtda Kalashnikov avtomati bilan qurollangan terrorchi hududga bostirib kirib, chor atrofga o‘t socha boshlagan. Politsiyachilar uni yo‘q qilishgan. Hujum vaqtida bino hududida 800 nafarga yaqin kishi bor edi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, terakt qurbonlari soni 39 nafarni tashkil qildi.
Mavzuga oid
18:08 / 09.06.2026
Istanbulda o‘zbekistonlik 6 yoshli bola tramvay ostida qolib, vafot etdi
13:14 / 07.06.2026
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
15:36 / 07.04.2026
Istanbulda Isroil konsulxonasi oldida otishma ro‘y berdi
19:27 / 05.04.2026