Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Istanbulda hujumga uchragan klub egasi terakt haqida ogohlantirilganini aytdi
Yangi yil kechasi otishma yuz bergan Istanbuldagi Reina tungi klubi egasi AQSh razvedkasi tayyorlanayotgan hujumdan ogohlantirganini aytdi. Bu haqda Hurriyet nashri xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, klubda Yangi yilni nishonlayotgan odamlar Santa-Klaus kiyimidagi bosqinchi tomonidan o‘qqa tutilgan. Hujum oqibatida 35 kishi halok bo‘lgan va 40 dan ko‘proq odam jarohat olgan.
"AQSh razvedkasi terakt haqida ogohlantirgandi. 7-10 kun bu yerda kuchli xavfsizlik choralari ko‘rilgan. Oqibatda nima bo‘ldi? Mana bu sodir bo‘ldi", deb aytgan klub egasi Mexmet Ko‘jarslan.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, jinoyatchi Kalashnikov avtomatidan foydalangan.
Mavzuga oid
22:21 / 29.06.2026
Istanbul orolga aylanishi mumkin: Qora va Marmar dengizlari o‘rtasida yangi kanal qurilmoqda
18:08 / 09.06.2026
Istanbulda o‘zbekistonlik 6 yoshli bola tramvay ostida qolib, vafot etdi
13:14 / 07.06.2026
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
12:40 / 24.05.2026