Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya hukumati Istanbuldagi teraktni kim sodir etganini bilmasligi ma'lum qilindi
Foto: AFP 2016/ Yasin Akgul
Turkiya hukumati Istanbulda tungi klubga sodir etilgan hujum haqida birinchi dalillarni yig‘di, biroq ayni vaqtda bu ma'lumotlar terrorchi shaxsini aniqlashga imkon bermaydi. Bu haqda Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim ma'lum qildi.
"Ba'zi tafsilotlar aniqlana boshlandi, biroq hukumat aniq natija olish ustida ishlamoqda", deb javob berdi bosh vazir jurnalistlarning terakt ortida kim turgani bo‘lishi mumkinligi haqidagi savollariga. "Politsiya va xavfsizlik xizmati vakillari tergov davomida kelib tushadigan ma'lumotni taqdim qiladi", deb aytdi Yildirim.
1 yanvarga o‘tar kechasi noma'lum kimsa Istanbuldagi Reina tungi klubiga hujum uyushtirgan. Hujum oqibatida 39 kishi halok bo‘lgan, ulardan 16 nafari xorijlikdir. Terakt qurbonlari orasida Saudiya Arabistoni, Marokash, Livan, Iordaniya, Liviya va Isroil fuqarolari bo‘lgan. 65 kishi shifoxonaga yetkazilgan, ulardan 4 nafarining ahvoli og‘ir deya baholangan.
Videokuzatuv kameralaridan yozib olingan tasvir bosqinchi boshida Santa-Klaus qalpog‘i bo‘lganini ko‘rsatgan. Terrorchi yashirinishga muvaffaq bo‘lgan, uni qo‘lga olish bo‘yicha operatsiya o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
11:57 / 13.02.2026
“Istanbul sud tibbiy ekspertizasiga hozircha jasad olib kelinmadi” – Sayyora Ergashaliyevaning vafoti yuzasidan munosabat bildirildi
13:59 / 12.02.2026
Istanbuldagi qotillik ishida yangi holat: yana bir o‘zbekistonlik ayol bedarak yo‘qolgan
10:14 / 31.01.2026
Istanbulda qotillik qurboni bo‘lgan Durdona Hakimovaning jasadi vatanga qaytarildi
19:20 / 27.01.2026