Jahon | 19:53 / 02.01.2017
7052
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniya Suriyaning kelajagini Asad bilan tasavvur qila olmasligini ma'lum qildi

Foto: TASS

Suriya prezidenti Bashar Asadning siyosiy kelajagi masalasi Ostonada bo‘lib o‘tadigan muzokara mavzularidan biri bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqida GFR TIV vakili Martin Shefer ma'lum qildi. 

"Bizning nuqtai nazarimizda Rossiya, Eron va Turkiya tomonidan e'lon qilingan, yaqin haftalar ichida Suriya hukumati va muxolifat vakillarini bir joyda to‘plashi rejalashtirilgan uchrashuv BMT shafeligi va hamkorligida o‘tkazilishi muhim", - deya ta'kidladi Shefer. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu jarayonda asosiy vositachi -  BMT bosh kotibining Suriya bo‘yicha maxsus elchisi Staffan de Mistura bo‘lishi kerak. 

Shefer shuningdek Suriyadagi o‘tish jarayonida Asadning ishtirok etishi mumkinligini aytdi va shu o‘rinda, Berlin Suriyaning kelajagini Asad bilan tasavvur qila olmasligini ma'lum qildi. 

 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid