Obama xayrlashuv nutqini qachon so‘zlashi ma'lum qilindi
AQShning lavozimidan ketayotgan prezidenti Barak Obama Chikago shahrida 10 yanvar kuni xayrlashuv nuqti bilan chiqish qiladi. Bu haqda Oq uy saytida chop etilgan bayonotda aytilgan.
"Seshanba, 10 yanvar kuni uyimga – Chikagoga qaytaman va sizlarning oldingizda xayrlashuv nutqimni so‘zlayman", - deyiladi bayonotda.
"Men matnni endigina yoza boshladim. Biroq uni sizlarga ajoyib sayohat uchun minnatdorchilik bildirish imkoni sifatida ko‘rmoqdaman va so‘nggi sakkiz yil davomida bu mamlakatni yaxshi tomonga o‘zgartirganimizda yordam bergan uslublar, shuningdek qanday yo‘nalishda oldinga harakat qilishimiz haqida bir qator fikrlarimni bildiraman ", - ta'kidlanadi Obamaning bayonotida.
AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning inauguratsiyasi 20 yanvar kuni Vashingtondagi Kapitoliy binosi oldida o‘tkaziladi. Marosimda taxminan 2-3 million kishi ishtirok etishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
23:20 / 13.11.2024
Polshada AQShning raketaga qarshi mudofaa bazasi ochildi
22:44 / 13.11.2024
Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladi - OAV
22:14 / 13.11.2024
Tramp lavozim taqsimlamoqda: Pentagon jurnalistga, Maskka yangi departament
15:44 / 13.11.2024