Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada so‘nggi oylarda 40 mingdan ortiq kishi qo‘lga olindi
Turkiyada 15 iyulda sodir etilgan harbiy to‘ntaruv harakatidan keyin boshlangan tergov doirasida mamlakat sud organlari tomonidan 41 326 nafar kishini hibsga olish haqida qaror chiqarilgan. Dastlab 103 850 kishi Fathulloh Gulen terrorchi oqimiga aloqadorlikda gumon qilinib, qo‘lga olingan bo‘lgan. Bu haqida Anadolu agentligi xabar berdi.
Turkiya adliya vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, tergov doirasida qo‘lga olinganlarning 10 265 nafari ularning terrorchi harakatlarga aloqadorligini tasdiqlovchi dalillarning yo‘qligi tufayli ozod qilingan.
Ozod qilinib, o‘z lavozimiga qayta tiklanganlar orasida bir gubernator, to‘rt nafar gubernator yordamchisi, 1 066 harbiy xizmatchi, 583 nafar politsiya xodimi, ikki mahalliy boshqaruv organi rahbari, 158 sudya va prokurorlar, Sudya va prokurorlar oliy kengashining (HSYK) ikki a'zosi, bir Davlat kengashi a'zosi va sakkiz nafar Turkiya Oliy sudi xodimi bo‘lgan.
Mavzuga oid
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026