Sport | 17:52 / 02.01.2017
31862
1 daqiqa o‘qiladi

Video: «Borussiya»ning 18 yoshli futbolchisi dahshatli jarohati tufayli faoliyatini yakunladi (+18)

Dortmundning «Borussiya» jamoasi safida bo‘lgan 18 yoshli italiyalik futbolchi Dario Skuderi futbolchilikni juda erta tark etishga majbur bo‘ldi. Bu haqda Abola nashri xabar tarqatdi.

Uning 14 sentabr kuni Yevropa Ligasi doirasida (yoshlar o‘rtasida) Polshaning «Legiya» jamoasiga qarshi o‘yinda olgan jarohati futbolchilikni davom ettirishga imkon bermadi. Skuderi o‘shanda oyog‘ini sindirib olgandi. Uni 10 kun ichida 8 marta jarrohlik amaliyotidan o‘tkazishdi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid