Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Texnologiya | 23:42 / 03.01.2017
10963
1 daqiqa o‘qiladi
General Motors Trampning tanqidiga javob berdi
Foto: AP
General Motors kompaniyasida AQShning yangi prezidenti Donald Tramp tomonidan kompaniyaga bildirilgan ayblovga javob berildi. Tramp kompaniyani Meksikada yig‘iladigan Chevrolet Cruze mashinasini amerikalik avtodilerlarga boj to‘lamagan holda sotayotganlikda ayblagandi.
"AQShda sotiladigan barcha Chevrolet Cruze kompaniyaga tegishli Lordstaundagi (Ogavy shtati) zavodda yig‘iladi", deb aytildi javob matnida.
Kompaniyada Meksikada ishlab chiqariladigan modellar xalqaro bozorlarga mo‘ljallangani aytib o‘tildi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish