Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoylik kishi kreditorlardan qamoqda yashirinishga urindi
Foto: AP
Xitoyning Chjentszyan shahrida (sharqiy Tszyansu provinsiyasi) yashovchi Chju familiyali fuqaro kollektorlar bosimiga dosh bera olmadi va kreditorlardan qamoqxona devorlari orasiga yashirinishga urindi. "Penpay" mahalliy axborot portalining xabar berishicha, buning uchun u o‘g‘irlik sahnalashtirgan.
Obekt sifatida u an'anaviy majong o‘yini (Xitoyning katta yoshli aholisiorasida keng tarqalgan o‘yin) o‘ynaladigan qahvaxonani tanlagan. Yuziga niqob tortib, soxta qurolni qo‘lga olgan Chju nafaqaxo‘rlardan naqd pullarini berishni talab qilgan.
Qahvaxona egasi va yetti nafar nafaqaxo‘rdan 10 ming yuan (1,4 ming dollar) tortib olgan. O‘g‘ri "o‘lja"sini olib, o‘z uyiga qarab ketgan. Tabiiyki, politsiyaga uni izlab topish ortiqcha qiyinchilik tug‘dirmagan.
Sud davomida Chjuning kollektor idoralaridan biridan taxminan 300 ming yuan (43,2 ming dollar) qarz ekanligi ma'lum bo‘ldi. Aybdor foiz miqdori oshib ketgan summani to‘lay olmasligiga iqror bo‘ldi. U kreditorlar ta'qibidan qutulish uchun hukmning tezroq o‘qilishini so‘radi.
Mavzuga oid
20:36
Xitoy dunyodagi eng baland gorizontal osmono‘par bino qurilishini yakunladi
18:02
Si Putin bilan Rossiya gazi uchun shartnoma tuzishni yana rad etdi
08:21
Dunyodagi eng yirik elektr energiyasi manbalari reytingi
21:32 / 19.05.2026