Tramp General Motors’ni tanqid qildi
AQShning yangi prezidenti Donald Tramp Meksikada avtomobillar ishlab chiqarib, ularni AQShga boj to‘lovisiz olib kiradigan General Motors kompaniyasini tanqid qildi.
Tramp kompaniya Meksikada yig‘ilgan avtomobillarni AQShda hech qanday boj to‘lovisiz dilerlarga topshirishini aytdi.
"Ularni AQShda yasang yoki chegara bojini to‘lang", deb yozgan Tramp tviterda.
AQShda ish o‘rinlarini saqlab qolish va mamlakatdagi ishlab chiqarishning arzon ish kuchiga ega davlatlarga ko‘chirilishi hamda immigratsiya Tramp kampaniyasining bosh saylovoldi mavzusi bo‘lgan. Tramp AQShga ish o‘rinlarini qaytarish uchun Transt-Tinch okean kelishuvini bekor qilmoqchi. Tramp tanqidchilarining aytishicha, AQSh rivojlanayotgan davlatlarda to‘lanadigan maoshlar bilan raqobat qila olmaydi.
Mavzuga oid
18:59 / 10.05.2024
General Motors Malibu ishlab chiqarishni to‘xtatadi
17:13 / 07.02.2022
General Motors avtokonserni Spark ishlab chiqarishni to‘xtatadi
18:15 / 18.11.2021
Jo Bayden yangi elektron Hummer'ni haydab ko‘rdi (video)
11:50 / 05.11.2021