Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada AQSh miltiqlari ishlab chiqarilishi rejalashtirilmoqda
Ukrainaning "Ukroboronprom" davlat konserni AQShning Aeroscraft kompaniyasi bilan birgalikda NATO standartlari bo‘yicha o‘qotar qurol, jumladan avtomatik miltiq M16 ishlab chiqarmoqchi.
Avtomatning ishlab chiqarilishi korxonaning pilot loyihasi hisoblanadi.
O‘tgan yilning 16 dekabrida Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Aleksandr Turchinov Kiyev nafaqat NATO standartlariga erishmoqchi ekanligi, balki rus qurolidan ustunroq qurol yaratmoqchiligini ma'lum qilgandi. Uning aytishicha, buning uchun mudofaa majmuasining tizimli moliyalashtirilishi zarur.
M16 miltig‘i AQShda qurollanishga 1964 yilda olingan. Uning turli variantlari hozirda ham AQSh piyoda askarlarining o‘qotar quroli bo‘lib kelmoqda. Hammasi bo‘lib bu avtomatdan 8 mlndan ko‘proq ishlab chiqarilgan. AQShdan tashqari, bu miltiq o‘nlab boshqa davlatlarda qo‘llanadi.
Mavzuga oid
23:07 / 17.06.2026
Tramp yakuniy kelishuv uchun Eronga 60 kun muhlat berdi
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
15:51 / 17.06.2026
Rossiya ichkarisiga dron hujumlari bilan Ukraina nimaga erishyapti?
10:30 / 17.06.2026