Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon viloyati hokimligida “Ilm-fan yutuqlari – taraqqiyotning muhim omili” mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
Bugungi shiddat o‘zgarayotgan zamon barcha sohalar qatorida ilm-fanni ham yangi bosqichga ko‘tarishni talab qilmoqda. Zotan, jamiyat oldida turgan dolzarb masalalarni yechishda fan va ishlab chiqarish hamkorligini mustahkamlash, ta'lim tizimini rivojlantirish, innovatsion iqtisodiyot taraqqiyotiga alohida e'tibor qaratish lozim. Mazkur sohani va olimlarni qo‘llab-quvvatlash davlatimizning ustuvor vazifalaridandir.
Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov viloyatdagi yetakchi ilm-fan namoyondalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Ayni paytda viloyat oliy o‘quv yurtlarida 80 nafar fan doktori, professor-o‘qituvchilar, 415 nafar fan nomzodlari faoliyat olib borishmoqda. O‘tgan 2016 yilda oliy o‘quv yurtlari va ilmiy markazlarda 33ta Davlat granti asosida ilmiy-loyihalar amalga oshirildi. Ushbu loyihalar samarasida yangi ishlanmalarga fan, ta'lim va tibbiyotga tatbiq etish uchun 42 patent olindi.
Anjumanda sohada hal qilinishi lozim bo‘lgan vazifalarning yechimlari, yuqori texnologik ilmiy mahsulotlarni amaliyotga joriy etish, yangi zamonaviy tajriba-ishlab chiqarish, konstruktorlik-texnologik tashkilotlar hamda innovatsion markazlarni tashkil etish borasida fikr almashinildi.
Elmurod Ermatov, Andijon.
Mavzuga oid
10:00 / 01.07.2026
Andijonda do‘ppisi ichiga 35 ming dollar yashirgan yo‘lovchi ushlandi
16:27 / 26.06.2026
Andijonda suv va oqova suv tizimlarining rekonstruksiyasi boshlandi
08:21 / 25.06.2026
Andijonda 1980-yillarda qurilgan magistral suv tarmog‘i yangilanadi
22:54 / 24.06.2026