Iqtisodiyot | 23:29 / 04.01.2017
10776
2 daqiqa o‘qiladi

Finlyandiyada ishsizlikka barham berish bo‘yicha antiqa tajriba boshlandi

Foto: The Guardian

Finlyandiya fuqarolariga ko‘ngillari tusagan ishni topishlari uchun 560 yevro miqdorida bazaviy daromad deb ataluvchi to‘lovlar berishni boshladi. 

Hozircha to‘lovlar 1 yanvarda boshlangan tajriba doirasida amalga oshiriladi. Bu tajribada mamlakatning tasodifiy ravishda tanlab olingan 2 ming fuqarosi ishtirok etmoqda, deb yozmoqda Delfi nashri.

Tajriba ishtirokchilari har oy belgilangan pulni olishadi va shu bilan birga ular bu pullarni nimaga sarflaganlari haqida hech qanday hisobot berishmaydi.

G‘oya ishsizlar va kambag‘allarni rag‘batlantirmaydigan muammolarni hal qilishdan iborat. Bunda odamlar vaqtinchalik ishga yollanadilar yoki past maoshlarga ham rozi bo‘ladilar. Boshqalar esa qandaydir yangi ish boshlaydilar, chunki agar muvaffaqiyatsizlikka uchrasalar ham ularda ma'lum miqdordagi pul hamisha bo‘ladi. Bazaviy daromad ularga ko‘ngillariga o‘tiradigan ishni bemalol tanlashga imkon beradi.

Hozircha hukumat hech narsa uchun pul oladigan odamlar o‘zlarini qanday tutishlarini bilmaydi: ular ish qidirishda qo‘rqmasdan tavakkal qiladilarmi yoki tanqidchilar o‘ylayotgandek, batamom dangasaga aylanadilarmi? "Pullar odamlarni harakat qilishga majbur qilishini ko‘rish juda qiziqdir", deb aytdi mamlakatning ijtimoiy to‘lovlar davlat agentligi vakili.

Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, Finlyandiyada xususiy sektorda o‘rtacha daromad oyiga 3500 yevroni tashkil qiladi. Mamlakatda ishsizlik 8,1 foizni tashkil qiladi yoki 5,5 mln lik aholidan 213 ming nafari ishsizdir.

Mavzuga oid