Sport | 18:20 / 04.01.2017
9884
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoyliklar Pogbani dunyoning eng qimmatbaho futbolchisi maqomidan mahrum qilishmoqchi

Dortmundning «Borussiya» jamoasi hujumchisi  Per-Emerik Obameyyang dunyoning eng qimmatbaho va eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylanishi mumkin. La Gazzetta dello Sport nashri xabariga ko‘ra, «Shanxay SIPG» ushbu gabonlik futbolchi transferi uchun «asalarilar» jamoasiga 150 mln yevro berishga tayyor.

Agar Obameyyang bu taklifni qabul qilib, Xitoyga yo‘l olsa, Pogbaning natijasini yangilab, eng qimmatbaho futbolchi bo‘lish bilan birga, eng ko‘p miqdordagi maosh oladigan futbolchiga ham aylanadi. Unga xitoyliklar 800 ming yevro miqdoridagi haftalik maosh tayinlamoqchi. Bu esa yiliga 41 mln yevro deganidir.

Hozirda dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi Karlos Teves hisoblanadi. U o‘tgan yilning dekabrida «Shanxay Shenxua»ga «Boka Xuniors» safidan kelib qo‘shildi. Xitoyliklar jamoasi ushbu 32 yoshli argentinalik futbolchiga 720 ming yevro miqdoridagi haftalik maosh to‘lashadi.

Mavzuga oid