Ispaniya termasining sobiq ustozi: “Ronaldu dunyodagi ikkinchi raqamli eng zo‘r o‘yinchi ekanidan faxrlanishi lozim”
Futbol bo‘yicha Ispaniya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Xaver Klemente Madridning «Real» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu va «Barselona» forvardi Lionel Messini o‘zaro solishtirdi. Bunda argentinalik futbolchi g‘olib chiqqan.
«Messi hammadan zo‘r. U boshqalar qila olmaydigan ishlarni qiladi. Bu boshqalar kuchsiz o‘yinchi degani emas. Sen sendan ham kuchliroq futbolchi bo‘lsa dunyodagi eng yaxshi o‘yinchi bo‘la olmaysan. Ronaldu, senda qorin muskullari Messidan yaxshiroq, bo‘ying ham uzunroq va “ikkinchi qavatda” foydaliroq harakat qilasan. Krishtianuni Messidan kuchliroq qiladigan narsalar bor, biroq Messi undan texnika, o‘yinni ko‘ra bilish va tushunish bo‘yicha oldinda. Ronaldu o‘zini baxtli his qilishi va dunyodagi ikkinchi raqamli eng zo‘r o‘yinchi ekanidan faxrlanishi lozim. Sportchi uchun boshqalarning iste'dodini tan olishdan kattaroq oliyjanob ish yo‘qdir», - deya Klementening so‘zlarini keltiradi Cadena Ser.
Mavzuga oid
13:34 / 11.11.2024
«Barsa» o‘yinida mojaroli qaror, Shomurodov yana murabbiysiz qoldi. Kun o‘yinlari
10:01 / 10.11.2024
Vinida yana het-trik, lekin Madridda dahshatli muammolar
12:28 / 07.11.2024
«Villa» o‘yinida ahmoqona penalti, «Barsa» istagancha gol urmoqda. Kun o‘yinlari
00:08 / 07.11.2024