MRB direktori: Rossiyaning harbiy harakatlari minglab suriyaliklarning hayotiga zomin bo‘ldi
Rossiya Suriyada yakson qilib tashlangan yer taktikasini qo‘llamoqda. Bunday bayonot bilan AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Jon Brennan chiqish qildi.
U Rossiya rahbariyatini dunyo arenasida “o‘z qonun-qoidalari asosida o‘ynayotganlik”da aybladi. "AQSh hech bir harbiy mojaroda ruslar Suriyada amalga oshirgan ishini qilmagan. Ularning yerlarni yakson qilib tashlash taktikasi minglab oddiy fuqaroning o‘limiga olib keldi", - deya aytib o‘tdi MRB rahbari PBS telekompaniyasiga bergan intervyusida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, amerika razvedkasi rossiyalik harbiy kontingentning Suriyaga kelishidan avval, “o‘zining azaliy ittifoqdoshiga yordam berishidan” xabardor edi. Brennanning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Rossiya bilan Suriya prezidenti “Bashar Asad muammoning bir qismi ekani” yuzasidan muzokaralar olib borgan. Biroq uning fikricha, “ruslar barcha muxolifatni terrorchi deb o‘ylashdi”.
"Shuning uchun ular shoshma-shosharlik bilan harbiy harakatlarni amalga oshirishdi. Bu esa ko‘plab suriyalikning hayotiga zomin bo‘ldi" – ma'lum qildi Brennan.
Ma'lumot uchun, Rossiya havo kuchlarining Suriya hududidagi jangarilarga qarshi amaliyoti 2015 yilning 30 sentabr kuni boshlandi. Prezident Vladimir Putin 2016 yilning 14 mart kuni Suriyadan asosiy kuchlarni olib chiqib ketishni boshlash haqida buyruq berdi.
Mavzuga oid
15:01
Nyu-Yorkda piyodalarga yo‘lning istalgan joyidan istalgan vaqtda kesib o‘tishga ruxsat berildi
11:50
AQSh sudi Maskning siyosiy lotereyasini taqiqlamadi
14:35 / 04.11.2024
AQSh O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatladi
11:10 / 04.11.2024