Jahon | 21:46 / 05.01.2017
8468
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyo turizmi global o‘zgarishlarni boshdan kechirayotgani ta'kidlandi

Foto: RIA

Xalqaro turizmda ulkan o‘zgarishlar yuz bermoqda: odamlar ko‘proq sayohat qilmoqdalar, biroq safarlar va xarajatlar hajmi qisqarmoqda, arzonchi aviakompaniyalar – loukosterlar soni ko‘paymoqda va u bilan birga arzon turizm tarmog‘i kengaymoqda. Bularning barchasi iqtisodiyoti katta jihatdan turizmga bog‘liq bo‘lgan davlatlarga ta'sir qilmoqda. 

Eng ommaviy sayyohlik yo‘nalishlari o‘ntaligiga kiruvchi Gretsiya esa kelayotgan sayyohlar soni bo‘yicha bir necha yildan beri rekord o‘rnatmoqda, biroq uning sayyohlikdan olayotgan daromadi uncha tez oshmayapti. 2016 yilda Gretsiyaga 27,5 mln, ya'ni 2015 yildagidan 1,5 mln nafar ko‘proq sayyoh kelgan. Mamlakat hukumati 3 yildan keyin sayyohlar soni 30 mln dan oshishiga umid qilmoqda.

Sayyohlarning Gretsiyada bo‘lishi o‘rtacha vaqti 10,7 kundan 7,8 kungacha qisqardi. Bu holat sayyohlar o‘rtasida dam olish kunlari turlari – 2-4 kunga mo‘ljallangan City Break va arzonchi aviakompaniyalar ko‘paygani bilan bog‘langan. Bunday aviakompaniyalar xizmatidan ta'tilga kamroq pul sarflashga tayyor bo‘lgan sayyohlar foydalanadilar.

Gretsiyada sayyohlikning rivojlanishiga bu yerda yevroning dollarga nisbatan ayirboshlash kursining pasaygani ham ijobiy ta'sir qilgan. Bundan tashqari, Gretsiya O‘rta yer dengizining sharqiy qismidagi dam olish uchun eng xavfsiz joylardan biri hisoblanadi.

 

Mavzuga oid