O‘zbekiston | 12:51 / 22.11.2025
1102
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston elchisi Gretsiya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

Afina shahrida O‘zbekistonning Gretsiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Abat Fayzullayev Gretsiya prezidenti Konstantinos Tasulasga ishonch yorliqlarini topshirdi. Marosim chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama etildi.

Foto: Dunyo

"Dunyo" axborot agentligi muxbiri xabar berishicha, marosim paytida prezident Konstantinos Tasulas yangi elchilarni samimiy tabriklab, ularning faoliyatiga omad tiladi. U, shuningdek, elchilar ikki va ko‘p tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga munosib hissa qo‘shishiga umid bildirdi.

Qisqa suhbat davomida Gretsiya yetakchisi dunyoda geosiyosiy qarama-qarshiliklar kuchayib borayotgan bir paytda O‘zbekiston rahbariyatining muvozanatli diplomatiyasi mintaqaviy barqarorlik va xalqaro ishonchni mustahkamlashga muhim hissa qo‘shayotganini alohida ta’kidladi.

Konstantinos Tasulas O‘zbekiston va Gretsiya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar so‘nggi yillarda yangi bosqichga ko‘tarilganini qayd etdi. Mamlakatlar o‘rtasida siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarni yanada kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar yaratilayotganini ta’kidladi.

Mavzuga oid