Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obameyyang dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylanishi borasidagi xabarlarga oydinlik kiritildi
4 yanvar kuni Italiyaning La Gazzetta dello Sport gazetasi «Shanxay SIPG» klubi «Borussiya» hujumchisi Per-Emerik Obameyyangning transferi uchun juda katta pul taklif qilgani haqida xabar tarqatgandi. Ammo dortmundliklar klubida bu xabar inkor etildi.
«Klub bunday taklif olmadi. Biz taxminiy ishlar bilan shug‘ullanmaymiz», — deya ma'lum qildi «Borussiya» matbuot-kotibi Sasha Fligge.
Eslatib o‘tamiz, «Shanxay SIPG» o‘tgan haftada o‘z safini «Chelsi» futbolchisi Oskarni 60 mln yevroga va «Krasnodar» yarim himoyachisi Odil Ahmedovni 8 mln yevroga xarid qilgandi.
Obameyyang joriy mavsumda «Borussiya» safida 22ta o‘yinda maydonga tushib, 20ta gol urdi.
Xabarlarda «Shanxay SIPG» ushbu gabonlik futbolchi transferi uchun «asalarilar» jamoasiga 150 mln yevro berishga va uning o‘ziga 41 mln yevro miqdorida yillik maosh tayinlashga tayyorligi aytilgandi.
Mavzuga oid
18:13 / 06.06.2025
Xitoyda yuzlab robotlar uchta tarixiy binoni ko‘chirdi
21:52 / 15.05.2025
Shanxayda boladagi sirli toshma sabab uning oilasi samolyotga chiqarilmadi
11:51 / 26.03.2025
Xitoydagi restoran “klassik musiqa eshitib” o‘sgan tovuq go‘shtini 66 dollarga taklif qilmoqda
00:31 / 16.09.2024