Jahon | 00:40 / 05.01.2017
10080
2 daqiqa o‘qiladi

Polshada "kabob-kafe"larga hujum qilinmoqda

Foto: Fotolia/ Radoslaw Maciejewski

Yangi yildan so‘ng, Polshadagi "kabob-kafe"larga bir necha marta hujum uyushtirilgan. Ularning kelib chiqishi Sharq mamlakatlaridan bo‘lgan kishilarga tegishli bo‘lgani xabar qilinmoqda. 

Yangi yil kechasi ikki noma'lum kimsa Lyublindagi Superkebab ovqatlanish shaxobchasini bo‘yab ketishgan. Hindlarga tegishli kafe devorlarida IShID va Islom haqida, shuningdek, ingliz va polyak tillaridagi haqoratli so‘zlar paydo bo‘lgan. Bir kun so‘ngra, Vrotslavdagi egasi kurd bo‘lgan Kebab House kafesiga toshlar otilgan. Politsiyachilar atrofni qidirganiga qaramay, qoidabuzarni topishning uddasidan chiqish imkoni bo‘lmagan. 

Yana bir hujum Vrotslavdagi Kuki kafesiga uyushtirilgan. G‘arazgo‘ylar uning oynasini sindirib, ichiga yonuvchi aralashmali shisha idishni uloqtirgani oqibatida yong‘in kelib chiqqan. 

"Biz ijrochini qidiryapmiz. Uning harakatlari sababini bilmaymiz va bu irqiy hujum bo‘lganini ham ayta olmaymiz. Biroq, rad ham etmaymiz", — degan politsiya vakili Pavel Petrikovskiy. Uning so‘zlarini Gazeta Wyborcza nashri keltirgan.

Xabarlarga ko‘ra, ushbu kafe egasi misrlik Ali Nafa bo‘lib, u sakkiz yildan beri Vrotslavda istiqomat qiladi. 

1 yanvar kuni Polshaning Elk shahrida millatchilik negizidagi ommaviy tartibsizliklar kelib chiqqan edi. Yangi yil kechasi mahalliy Prince Kebab kafesida ur-to‘polon yuz bergan, unda 21 yoshli mahalliy fuqaro o‘ldirilgandi. Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, u ikki idish koka-kola uchun pul to‘lamagani sabab, tunislik oshpaz va jazoirlik kafe xo‘jayini uni quvib yetishgan va urib o‘ldirib qo‘yishgan. Hozirda, gumonlanuvchilar 3 oy muddatga hibsga olingan. 

 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid