17:10 / 05.01.2017
6669

Slovakiyalik motopoygachini “Dakar-2017” rallisida chaqmoq urdi

Janubiy Amerikada bo‘lib o‘tayotgan “Dakar” marafoni paytida slovakiyalik motopoygachi Ivan Yakeshni chaqmoq urdi. Bu haqda Tvnoviny.sk xabar bermoqda.

Hodisa rallining Argentinaning San-Salvador-de-Jujuy shahridagi uchinchi bosqichi paytida sodir bo‘lgan. Ta'kidlanishicha, sportchi mototsikldan bir oyog‘i bilan tushishga ulgurgan. Shuning uchun elektr kuchi uning yonidan o‘tib ketgan va jiddiy zarar yetkazmadi.

Ayni damda sportchi o‘zini yaxshi his qilmoqda va rallidagi ishtirokini davom ettirish niyatida. Uni musobaqalarga qaytarish bo‘yicha yakuniy qaror, chuqur tibbiy tekshiruvdan so‘ng qabul qilinadi.

Ma'lumot uchun, “Dakar” poygalari Paragvay, Argentina va Boliviyada 2017 yilning 14 yanvar kuniga qadar o‘tkaziladi. 

Mavzuga oid
Top