Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriyaning Jabla shahridagi teraktda 15 kishi halok bo‘ldi
Suriyaning Lataqiya violyatida joylashgan Jabla shahrida sodir etilgan portlash oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi, 45 kishi yaralandi. Bu haqda Al Mayadeen nashri xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, portlash minalashtirilgan avtomobil yordamida xudkush tomondan amalga oshirilgan. Terrorchi mashinani munitsipal stadion binosiga yo‘naltirgan va avtomobil aynan uning yonida portlagan.
Ta'kidlanishicha, shahar xizmatlari hududdagi elektr ta'minotini tiklash uchun tezda ta'mirlash ishlariga kirishib ketishgan.
Hozircha hech qaysi guruh terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.
Mavzuga oid
11:15 / 17.04.2026
AQSh Suriyadan barcha qo‘shinlarini olib chiqdi
19:23 / 06.04.2026
«Krokus»dagi terakt uchun sudlangan shaxs o‘z joniga qasd qildi
09:45 / 31.03.2026
Germaniya kansleri suriyalik qochqinlarni uyiga qaytishga chaqirdi
09:47 / 12.03.2026